"Barselona" 2025 yilda La Ligada mag‘lubiyatga uchramadi.
Xansi Flik jamoasi 33-turda "Malyorka"ni mag‘lub etdi (1:0).
Bu yil "Barselona" La Ligada 12 g‘alaba va 2 durang qayd etib, mag‘lubiyatga uchramadi.
Jamoa 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Real"ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda ("Madrid"da zaxira o‘yini bor). Kataloniyaliklarning navbatdagi o‘yini Ispaniya kubogi finalida "Real"ga qarshi 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.