Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Barcha ta’lim muassasalarida majburiy mehnat ustidan nazorat tadbirlari (reydlar) o‘tkaziladi

A A A
Barcha ta’lim muassasalarida majburiy mehnat ustidan nazorat tadbirlari (reydlar) o‘tkaziladi

Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 15 avgust sanasidan boshlab, butun respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida "Majburiy mehnatga qarshi kurashish haftaligi" e’lon qilinadi.

Mehnat inspeksiyasi barcha ta’lim muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazadi.

So‘nggi kunlarda o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari bo‘yicha e’lon qilinayotgan xabarlar fuqarolarimizning mehnat huquqlari daxlsizligi xavf ostidaligini ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun: OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ga yaqin o‘qituvchi va murabbiylarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari tasdig‘ini topib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Tegishli vazirlik va idoralarga qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Haftalik doirasida nafaqat ish beruvchilar balki, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ham javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

Kiritildi: 22:45 14.08.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!