Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Barcha davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi

Barcha davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashda keskin va qat’iy pozisiyani e’lon qildi. 2026 yil korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” yili sifatida belgilanadi.

“Takror va takror aytaman: korrupsiya — davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish — islohotlarga xiyonatdir”, dedi davlat rahbari.

Barcha davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasi vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi va mansab suiiste’molchiligiga qarshi ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi.

Eng muhimi, qonun oldida hamma teng. “Lavozimim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar qattiq adashadi. Hech bir idora, hech bir tashkilot, hech bir mansabdor nazoratdan chetda qolmaydi.

Komplayens xizmatining ishiga to‘sqinlik qilish — korrupsiyaga sheriklik sifatida baholanadi. Bu borada javobgarlik ham qat’iy bo‘ladi.

Prezident Administrasiyasi Komplayens xizmati 1 yanvardan barcha davlat idoralarida tizimni ishga tushirib, har bir holat yuzasidan Prezidentga bevosita axborot kiritib boradi.

Kiritildi: Bugun 13:29. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!