Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi

Barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 3-4 ta idora misolida aytilgan tanqidlar boshqa vazirlik va tarmoqlarga ham tegishli ekani qayd etildi.

Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Qurilish, Energetika, Oliy ta’lim vazirliklari, Kadastr agentligi, Avtoyo‘llar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi, Qurilish inspeksiyasi tizimida ham byurokratiya haligacha yuqoriligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu vazirlik va idoralar rahbarlariga bugungi yig‘ilishdan xulosa chiqarib, aholi va tadbirkorlarga xizmatlarni yengillashtirish topshirildi.

Umuman, barcha darajadagi rahbarlar oldiga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Kiritildi: 17:34 18.04.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!