Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida Afro‘za Hamdamovani rapid bo‘yicha jahon chempionatida erishgan yutug‘i bilan tabrikladi.
“Atigi 15 yoshida u musobaqaning haqiqiy sensasiyasiga aylandi, dunyo reytingining Top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning chegarasi yo‘qligini isbotladi. Barakalla, Afro‘za! Sen xalqimizning faxrisan!”, deb yozadi Prezident yordamchisi o‘z tabrigida.