Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Banklarda valyuta ayirboshlash tartibi o‘zgaradi

A A A
Banklarda valyuta ayirboshlash tartibi o‘zgaradi

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi.

Muhokama uchun e’lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan muomalaga yaroqli banknotalar bilan valyuta operasiyalarini amalga oshirish, shuningdek, muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish tartibi tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin.

Shuningdek, valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalari bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash operasiyalari amalga oshirilganda muvofiq shakldagi 09012-son ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.

Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operasiyalarni amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shikastlangan banknotalar bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash yoki muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilish operasiyalari amalga oshirilganda, bunday operasiyalar 09011-son reestrga rasmiylashtiriladi.

Kiritildi: 16:17 30.12.2019. O'qildi: 4237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!