Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bank xodimlari paxta terimiga majburan olib chiqilayotgani rostmi?

Bank xodimlari paxta terimiga majburan olib chiqilayotgani rostmi?

Internet saytlarining birida paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishi munosabati bilan bank xodimlari, xususiy shirkatlardan ham paxtaga odam chiqarish qattiq talab qilinayotgani haqida material e’lon qilingan. Xususan, unda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi Xalq banki, “Hamkorbank”, “Savdogarbank” bo‘limlari xodimlariga paxta terimi uchun o‘z o‘rniga odam yollash buyurilgani aytilgan.

Xalq banki mazkur maqolada keltirilgan holatlarni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mamlakatimizda paxta yig‘im-terimiga nafaqat Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan, balki respublikamizning hech bir hududidan Xalq banki tizimi xodimlari olib chiqilmaydi.
 
Binobarin, materialda aytilganidek, Xalq banki xodimlariga paxta terimi uchun o‘z o‘rniga odam yollash buyurilgani haqidagi ma’lumot va iddaolar ham asossiz. Qolaversa bunday holatlarga kelgusida ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
 

Kiritildi: 11:54 16.09.2020. O'qildi: 2728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!