Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Bank of China Moskva birjasi bilan ishlashni to‘xtatdi

A A A
Bank of China Moskva birjasi bilan ishlashni to‘xtatdi

Xitoyning eng yirik davlat banklaridan biri bo‘lgan Bank of China Moskva birjasi bilan ishlashni to‘xtatdi — “Kommersant”.

Xitoy banki yuan bo‘yicha kliring bank funksiyalarini bajargan va birja savdolarida Xitoy valyutasidagi barcha operasiyalar u orqali amalga oshirilgan. Biroq 15 iyul holatiga ko‘ra, Bank of China bu roldan voz kechdi. Bunga Moskva birjasining Amerika sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘ldi, deya ta’kidlagan “Kommersant” manbalari.

Natijada, yuan bilan savdo qilish Rossiya valyuta bozoridagi yagona Xitoy banki - ICBC Bank'ka qaram bo‘lib qolgan, biroq bu ham uzoq davom etmasligi mumkin. AQSh g‘aznachiligining sanksiyalangan birja bilan operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi lisenziyasi avgust oyining o‘rtalariga qadar amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, Xitoy banklari sanksiyalarga duch kelmaslik uchun Rossiyada yuanning birja savdosini to‘xtatishi mumkin. Yuanni birjaga olib chiqish bilan bog‘liq qiyinchiliklar fonida iyul oyida savdolari hajmi ham keskin pasaygan.

Kiritildi: 21:20 23.07.2024. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!