Yangi tartiblarga ko‘ra, agar fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlansa va bu holat bank yoki to‘lov tizimining xavfsizlik tizimidagi zaiflik bilan bog‘liq bo‘lsa, zarar banklar tomonidan qoplanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 11 oy ichida fuqarolar hisoblaridan qariyb 1,9 trillion so‘m mablag‘ o‘g‘irlangan.
Yangi yondashuvga ko‘ra, banklar o‘z tizimlarining xavfsizligi uchun to‘liq javobgarlikni olishi kutilmoqda. Bu esa mijozlar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan.