Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Bank Apelsin»ga lisenziya berildi

A A A
«Bank Apelsin»ga lisenziya berildi

Markaziy bank tomonidan «Bank Apelsin» aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida «BANK APELSIN» aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Qayd etilishicha, bank to‘liq Kapitalbank muassisligida tashkil qilindi. Bank Boshqaruv raisi shu vaqtga qadar Kapitalbank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari — Apelsin raqamli filiali boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Sergey Gimaliyev Abdulxayevich bo‘ladi.

Bu O‘zbekistondagi bir bank tomonidan to‘liq muassislikda tashkil qilinayotgan birinchi bank hisoblanadi.

Kiritildi: 19:00 01.11.2021. O'qildi: 2628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!