Bangladeshning janubi-sharqida bir necha kun davom etgan kuchli musson yomg‘irlari oqibatida suv toshqinlari va ko‘chkilar kamida 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va bir milliondan ortiq odam uysiz qoldi.
Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi xabar berdi.
"Chittagong, Koks-Bazar, Bandarban, Rangamati, Kxagrachxari, Mulvibazar va Xabigandjning yetti tumanini qamrab olgan suv toshqini turmush tarzini izdan chiqardi, minglab oilalarni izolyasiya qildi va 267 918 xonadonni uysiz qoldirdi", deyiladi bayonotda.
Yuvilgan yo‘llar va shikastlangan ko‘priklar gumanitar yordam xodimlarining eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga kirishiga to‘sqinlik qilayotgani ta’kidlanmoqda. Armiya va dengiz kuchlari qayiqda izolyasiya qilingan jamoalarga oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori-darmon va boshqa zarur narsalarni yetkazib bermoqda, rasmiylar esa yordam ko‘rsatish ishlarini kuchaytirmoqda.
Shu hafta boshida Koks-Bazardagi Rohinya qochqinlar lagerlarida ham kuchli yomg‘irlar ko‘chkilarni keltirib chiqardi va 16 qochqin, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.