Bugun 23 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Bangladesh armiyasi noroziliklarni bostirishdan bosh tortdi

Bangladesh armiyasi noroziliklarni bostirishdan bosh tortdi

Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Xasina ommaviy noroziliklar fonida mamlakatni tark etayotgan kechasi armiya boshlig‘i o‘z generallari bilan uchrashdi va qo‘shinlar komendantlik soati joriy qilish uchun tinch aholiga qarata o‘t ochmaslikka qaror qildi, deb yozadi Reuters.

Xabarga ko‘ra, mamlakat armiyasi generali Vaker-Uz-Zaman Xasinaning idorasi bilan bog‘lanib, bosh vazirga uning askarlari komendantlik soatiga rioya qilmayotgani haqida ma’lum qilgan.

Yakshanba kuni mamlakat miqyosidagi to‘qnashuvlarda kamida 91 kishi halok bo‘lgan va yuzlab odamlar yaralanganidan keyin butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati joriy etilgan edi. Bu iyul oyida talabalarning Xasinaga qarshi namoyishlari boshlanganidan beri eng qayg‘uli kun.

Xasina Bangladeshni 20 yil boshqargan. U yanvar oyida minglab muxolifat yetakchilari va ishchilari hibsga olinganidan so‘ng 170 million aholiga ega mamlakatni boshqarish uchun to‘rtinchi muddatga saylangan edi. Uning asosiy muxolifati saylovni boykot qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh bosh vaziri namoyishlar chog‘ida iste’foga chiqqani va mamlakatni tark etgani haqida yozgan edik.

Keyinroq Xasina Buyuk Britaniyadan boshpana so‘ragani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 06:25 08.08.2024. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!