Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bangkokda kuchli suv toshqini oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Bangkokda kuchli suv toshqini oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Tailand poytaxti Bangkokda kuchli yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida qariyb 40 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kun ichida shaharning ayrim hududlariga 300 millimetrga yaqin yog‘ingarchilik tushgan. Shaharning barcha 50 tumanida ofat rejimi e’lon qilingan.

Minglab aholi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ular uchun 230 dan ortiq vaqtinchalik joylashtirish punktlari tashkil etilgan. Hokimiyat halokatlarning asosiy sabablari sifatida suvga cho‘kish va elektr tokidan zararlanish holatlarini keltirgan.

Toshqin Tailandning eng yirik Suvarnabxumi aeroporti faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Minglab bagajlar aeroportda to‘planib qolgan, ayrim reyslar bekor qilingan. Shaharda maktablar yopilgan, transport harakati esa sezilarli darajada qiyinlashgan.

Ayrim hududlarda suv chekina boshlagan bo‘lsa-da, bosh vazir Anutin Charnvirakul xavf hali saqlanib qolayotganini aytdi. Meteorologlar kelasi haftada yana kuchli yomg‘irlar yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Kiritildi: 21:20 03.10.2026. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!