Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pora olayotganida ushlandi

A A A
Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pora olayotganida ushlandi

Xorazm viloyati Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan A.B. qing‘ir ishga qo‘l urdi. 

Postda.uz’ning yozishicha, u markazga ish so‘rab kelgan shovotlik K.J.dan 300 AQSh dollari berishni talab qildi. Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda bu mansabdor shaxsning ochiqdan-ochiq tamagirlik qilishi fuqaroning g‘ashini keltirdi. U ushbu holat yuzasidan hech ikkilanmay Xorazm viloyati IIBga murojaat qildi.

Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. fuqaro K.J.dan 300 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan paytida qo‘lga olindi, deyiladi xabarda. 

Kiritildi: 21:16 16.04.2020. O'qildi: 4957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik