Taom Orol dengizi va Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda shakllangan qadimiy ovqatlanish an’analari, baliqchilikka tayanuvchi turmush tarzi, shuningdek o‘ziga xos tayyorlash usuli bilan ajralib turadi. “Baliq qarma” tarkibida pishirilgan baliq, sho‘rva, 1×1–2×2 sm o‘lchamdagi quritilgan xamir bo‘laklari hamda sabzavotlar ishlatiladi. Sho‘rvaning yuzasidan olingan yog‘ mayda to‘g‘ralgan piyoz ustiga quyilib, taomga xos ta’m va hidni beradi.
✅Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Baliq qarma” nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.