Ozarbayjon mahalliy OAV tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri 7-11 may kunlari Bakuda bo‘ladi, Turkiya rahbari esa qardosh mamlakatga 10 may kuni borishi kutilmoqda.
Ozarboyjon Suriyada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Isroil va Turkiya o‘rtasida vositachilik qilmoqda. Aprel oyida Bokuda ikki davlat rasmiylari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar Suriyadagi keskinlikni yumshatish yo‘llarini izlashga kelishib olgan edi. Biroq hozirda vaziyat yanada taranglashmoqda, Isroil ketma-ket ikki kundan buyon Anqaraning ittifoqchisi bo‘lgan Damashq kuchlariga aviazarbalar bermoqda.