Bu bo‘yicha hukumatning «Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o‘qishga qabul qilinadi:
- Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti, jumladan, ta’lim granti asosida;
- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida.
Kirish imtihonlari 2 bo‘limdan iborat bo‘ladi:
- 1-bo‘lim – barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan test sinovlari;
- 2-bo‘lim – abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta’lim yo‘nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar.
Qabul jarayoni ham 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqichda 5 iyundan 25 iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi;
- 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi.