Bu haqda Baxrayn Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qo‘lga olish operasiyasi xavfsizlik xizmati hisobotlari hamda prokuratura tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida amalga oshirildi. Mazkur tekshiruvlar josuslik va xorijiy davlatning ichki ishlarga aralashishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan olib borilgan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar ushbu tashkilotning "asosiy tuzilmasiga" kirgan.
Hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan huquqiy jarayonlar davom etmoqda. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ushbu tashkilot faoliyatiga aloqador bo‘lgan yoki qonunni buzgan boshqa shaxslarni aniqlash uchun qidiruv va tergov ishlarini to‘xtatgani yo‘q.