Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi Eronning Ozarbayjon va Turkiyaga qarshi hujumlarini qat’iy qoraladi.
Bu haqda Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
"Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi Eronning qardosh Turkiya va Ozarbayjonga qarshi hujumlarini qat’iy qoralaydi va rad etadi, bu harakatlarni yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari, xalqaro huquq va normalarning qo‘pol buzilishi va mintaqaning xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi xavfli keskinlashuv deb biladi", deyiladi bayonotda.
Bahrayn Tashqi ishlar vazirligi Turkiya va Ozarbayjon bilan to‘liq birdamligini yana bir bor tasdiqladi va ushbu mamlakatlar o‘z suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun ko‘rayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Vazirlik shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazadigan "bu asossiz va provokasion tajovuzkorlik harakatlariga" chek qo‘yishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Erondan uchirilgan dronlar Naxchivondagi nishonlarga hujum qildi. Bir dron Naxchivon xalqaro ayeroportining terminal binosiga, ikkinchisi esa Shekerobod qishlog‘idagi maktab yaqiniga quladi. Aeroportga qilingan hujumda to‘rt nafar tinch aholi vakili jarohat oldi. Eronning Ozarbayjondagi elchisi Mojtaba Demirchilu Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Ozarbayjon qasos olish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirdi.