Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bahodir Jalolovning Nyu-Yorkdagi jangi necha raund etib belgilangani ma’lum

Bahodir Jalolovning Nyu-Yorkdagi jangi necha raund etib belgilangani ma’lum

26 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" majmuasida Top Rank promouterlik kompaniyasining navbatdagi prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Unda Bob Arum boshchiligidagi Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan superog‘ir vaznli professional bokschimiz Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi.

Avval xabar berganimizdek, Jalolovga oqshom doirasida italiyalik 36 yoshli Janmarko Kardilyo raqiblik qiladi. Bokschimizning menejerlik kompaniyasi "Mir Boksa"ning ma’lum qilishicha, ushbu jang 10 raund etib belgilangan.

Jalolov hozirga qadar prof faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. O‘zining barcha janglarini vatani Italiyada o‘tkazgan Janmarko Kardilyo hisobida esa 12 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 2 durang bor.

Kiritildi: 23:46 16.06.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!