Avvalroq, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
"Boxer TV" kanali bergan ma’lumotga ko‘ra, charm qo‘lqop ustamiz o‘sha kuni ukrainalik Igor Shevadzuskiyga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolovning fransiyalik Devid Spilmontga qarshi 6 fevraldagi jangi bekor qilingandi.