Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Bahodir Jalolovning jangi "ugri" sabab bekor bo‘ldi

Bahodir Jalolovning jangi "ugri" sabab bekor bo‘ldi

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan oqshomda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi.

Afsuski, uning fransiyalik Devid Spilmontga qarshi kechadigan jangi bekor qilinibdi. Bunga Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar (ugri) sabab sifatida ko‘rsatilibdi. Bokschilar rasmiy tarozidan o‘tish marosimida ham qatnashib ulgurishgandi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.

Bahodir Jalolovning jangi "ugri" sabab bekor bo‘ldi

Kiritildi: 10:00 06.02.2025. O'qildi: 3077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!