Lift Promotions kompaniyasining Toshkentdagi boks oqshomida co main event bellashuvi nihoyasiga yetdi.
Unda o‘zbekistonlik super og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayo bilan to‘qnash keldi.
8 raunddan iborat jang to‘rtinchi raundda nihoyasiga yetdi. Bahodir raqibini nokautga uchratdi.
Endi Jalolov hisobida 17 ta jangda qo‘lga kiritilgan 17 ta g‘alaba mavjud. Adebayo esa bugun prof karyerasidagi 15-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.