Xitoylik olimlar ayollarning homilador bo‘lish ehtimoli yosh o‘tishi bilan kamayib borishining asosiy sababini aniqladilar va davolash usulini ko‘rsatdilar, deb xabar beradi Xinhua.
Tadqiqot Nankay universiteti boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan o‘tkazildi. Natijalar Cell Reports Medicine jurnalida chop etildi.
— Biz ilgari e’tibordan chetda qolgan ribosomal disfunksiya tuxum sifatining yomonlashuviga sabab bo‘lishini aniqladik, — dedi Nankay universiteti olimi Li Sze.
Tadqiqotga ko‘ra, ribosomal genning haddan tashqari faolligi 35 yosh atrofidagi ayollarda boshlanadi. Bu normal oqsil sintezini buzadi, xromosomalarning ajralishida xatolarga olib keladi va embrion rivojlanishiga xalaqit beradi.
Jamoa ribosomal translyasiyani tejovchi rapamisin preparatini sinovdan o‘tkazdi. Qisqa muddatli terapiya ribosomal faollikni pasaytirdi, oqsil muvozanatini tikladi va tuxum sifatini yaxshiladi.
Kichik klinik sinovda bir nechta ayollar ushbu davolashdan so‘ng yuqori sifatli blastosistlarni olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu muvaffaqiyatli homiladorlik va sog‘lom bolalar tug‘ilishiga hissa qo‘shdi.
Shansi bolalar kasalxonasi vakili U Syuysin natijalar umid baxsh etayotganini va yoshga bog‘liq bepushtlikni tushunish va davolashning yangi usullarini ochib berishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, davolash protokolining samaradorligini tasdiqlash va oshirish uchun keng ko‘lamli klinik sinovlar zarur.