Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Venesuelaga yordam beradimi?

Rossiya Venesuelaga yordam beradimi?

AQSh hujum qilgan taqdirda Rossiya Venesuelaga yordam berishi dargumon, deb yozmoqda The Atlantic.

"AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Lotin Amerikasidagi narkokartellariga qarshi “Janubiy nayza” amaliyoti boshlanganini e’lon qildi. Ushbu amaliyotning asosiy nishoni, ehtimol, Venesuyela bo‘ladi. Vashington prezident Nikolas Maduroni ag‘darishni rejalashtirmoqda", deya yozmoqda nashr.

The Atlantic manbalariga ko‘ra, Venesuela Qo‘shma Shtatlarning ehtimoliy hujumi fonida Rossiyadan yordam so‘ragan. Biroq Moskva Karakasga ko‘mak berishga tayyor ekanini hech qanday tarzda bildirmayapti. Hozirda Kremlning barcha resurslari Ukrainadagi urushga qaratilgan.

11 noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda Venesuela harbiy yordam so‘rab murojaat qilmagani va ikki tomonlama kelishuvlar doirasida Moskva Venesuelani tashqi tajovuzdan himoya qilishga majbur emasligini aytdi.

Kiritildi: 22:25 14.11.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!