Dunyo harbiy salohiyati bo‘yicha davlatlar qiyosiy tahlilini o‘tkazuvchi Global Firepower agentligi yangi reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi PowerIndex 0,0788 ko‘rsatkichi bilan dunyodagi eng kuchli armiyalar orasida ikkinchi o‘rinni qayd etdi. Bu haqda Business Insider nashri ma’lumot berdi.
Nashr ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining o‘xshashi yo‘q an’anaviy harbiy qudratidan tashqari, reytinga kiritilmagan ulkan yadro arsenali ham mavjudligi unga strategik ustunlik beradi.
Shuningdek, Rossiya qator yo‘nalishlarda — turli turdagi harbiy transport vositalari, qurollar va minadan himoya qilish tizimlari soni bo‘yicha restingning birinchi pog‘onalarida qayd etilgan. Mamlakat milliy gaz zaxiralari bo‘yicha ham jahonda yetakchi hisoblanadi.
Global Firepower reytingi harbiy-iqtisodiy salohiyat, infratuzilma, joylashuv va resurslar kabi yuzdan ortiq ko‘rsatkichlarga asoslanadi.