Nurbek Sarsenbayevning diskvalifikasiya muddati yakunlandi.
Ma’lumki, futbolchimiz Osiyo kubogi finalida qizil kartochka olgani sababli uchta uchrashuvga diskvalifikasiya qilingan edi.
Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endilikda Nurbek Sarsenbayev navbatdagi bosqich o‘yinlarida jamoamizga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasidagi uchrashuvni 15 noyabr kuni soat 20:45 da Xorvatiya U-17 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.