Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasini mag‘lub etdi

O‘zbekiston Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasini mag‘lub etdi

Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahrida 4 ta milliy jamoa ishtirokida Al Ain Cup xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston milliy jamoasi 14 noyabr kuni yarimfinalda Misr bilan o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkala gol ham Oston O‘runov tomonidan urildi. 4-daqiqada u chaqqon harakatlar bilan misrlik himoyachilar orasidan o‘tib, qulay vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol etdi. 43-daqiqada Otabek Shukurov oshirgan to‘pni egallab olib, darvozabonni ham aldab o‘tib, gol urishga erishdi.

Ikkinchi bo‘limda Misr to‘p nazoratida ustunlik qildi. Biroq, darvozabon Abduvohid Ne’matov bir necha vaziyatda ishonchli harakat qilib, muhim seyvlarni amalga oshirdi.

Bu g‘alaba Fabio Kannavaro shogirdlariga turnir finaliga chiqish imkonini berdi.

Avvalroq, dastlabki yarimfinalda Eron va Kabo-Verde to‘qnash kelgan edi. O‘yinda hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida eronliklar g‘alaba qozondi.

18 noyabr kuni musobaqa finali bo‘lib o‘tadi. Unda Eron va O‘zbekiston to‘qnash keladi. 17 noyabr kuni uchinchi o‘rin uchun bahsda Kabo-Verde va Misr o‘ynaydi.

Al Ain Cup – 2025, 1/2 final
14 noyabr, Abu-Dabi, «Hazza bin Zayd» stadioni
O‘ZBEKISTON – MISR 2:0

Gollar: Oston O‘runov (3, 44)

Kiritildi: 23:05 14.11.2025. O'qildi: 2725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!