Pokistonda Eron va AQSh muzokara delegasiyalari o‘rtasida uchrashuv rejalashtirilmagan.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bagayi ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qildi.
U Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Pokistonga tashrif buyurayotganini va u yerda Pokistonning yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashishini aniqlik kiritdi.
"Eron va AQSh o‘rtasida hech qanday uchrashuv rejalashtirilmagan", dedi Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Avvalroq Amerikaning Axios portali Eron va AQSh o‘rtasida yana bir muzokaralar 27 aprel kuni Islomobodda bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi. Oq uy matbuot kotibi AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va prezidentning kuyovi Jared Kushner shanba kuni Eron tomoni bilan muzokaralar olib borish uchun Islomobodga uchib ketishini ma’lum qildi.