Kuzatish tahlillari shuni ko‘rsatdiki, milliarderlar ichida bir xil burj ostida tavallud topganlari talaygina ekan. Masalan, ko‘pchilik milliarderlar Parizod burjida tug‘ilgan bo‘lib, 23 avgustdan to 22 sentyabrgacha o‘z tavallud kunlarini tantanali ravishda nishonlashadi.
Astrologlarning fikricha, Parizod burji ostida tug‘ilganlar mehnatsevar, qat’iy qarorli, har bir ishga mas’uliyatli va eng asosiysi, aql-zakovati teran kishilardir. Shu bois ham omad ularning ostonasida kulib turadi. 15 foiz badavlat kishilar qo‘y burji vakillari bo‘lsa, 8 foiz esa qovg‘a burji belgisi ostida dunyoga kelishgan. Aytgancha, o‘qotar burjining tinib-tinchimas vakillari ham badavlat kishilar orasida anchagina ekanligini e’tirof etish mumkin.