Reuters xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarining OPEKdan chiqishi AQSh prezidenti Donald Tramp uchun siyosiy yutuq sifatida baholanmoqda.
Qayd etilishicha, Tramp yillar davomida OPEKni neft narxlarini sun’iy ravishda oshirishda va jahon bozoridan foyda ko‘rishda ayblab kelgan.
Endilikda alyans muhim ishtirokchilaridan birini yo‘qotishi mumkin. Tahlilchilar fikricha, bu holat global neft bozorida beqarorlikni kuchaytirib, nazoratning susayishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.