Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

BAAda 10 kishilik to‘ylarga ruxsat berildi

BAAda 10 kishilik to‘ylarga ruxsat berildi

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati to‘y va dafn marosimlarini oila a’zolari va ko‘pi bilan 10 kishi ishtirokida o‘tkazishga ruxsat berdi. Ushbu qoidani Favqulodda holatlar, inqirozlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha milliy boshqarma e’lon qildi. 

Boshqarma talabiga muvofiq marosimda qatnashadiganlarning bari koronavirus profilaktikasiga rioya etishi zarur. Ishtirokchilarga marosimdan bir kun avval koronavirusga test topshirish tavsiya etiladi. Mehmonlar ijtimoiy masofaga rioya etishi, mezbon esa mehmonlar qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvishini kuzatib borishi zarur. 

Marosimlarda taomlarni “shvedcha stol” tarzida berish taqiqlanadi, ovqatlar bir martalik idishlarga solingan bo‘lishi kerak. Barcha yuzalar tez-tez dezinfeksiya qilib turiladi. 

Ushbu qoidalarga rioya qilmaganlar jarimaga va boshqa jazolarga tortiladi. 

Kiritildi: 18:27 20.09.2020. O'qildi: 3457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!