Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

BAA Netanyahu mamlakatga maxfiy ravishda tashrif buyurgani haqidagi xabarni rad etdi

BAA Netanyahu mamlakatga maxfiy ravishda tashrif buyurgani haqidagi xabarni rad etdi

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi 2026 yil bahorda, Isroilning Erondagi harbiy kampaniyasi avjiga chiqqan paytda, bosh vazir Binyamin Netanyahu BAA rahbari bilan uchrashish uchun ushbu mamlakatga maxfiy tarzda tashrif buyurganini xabar bergan edi. Bayonotda ushbu tashrif BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarda “tarixiy burilish yasagani” aytilgan.

Isroil hukumati bayonoti e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tgach, BAA bunday tashrif amalga oshirilganini rad etdi.

"Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning BAAga taxmin qilinayotgan tashrifi yoki mamlakatda Isroilning har qanday harbiy delegasiyasini qabul qilganlik haqida tarqalayotgan xabarlarni rad etadi", deyiladi BAA Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shuningdek, bayonotda BAA Isroil bilan munosabatlarini ochiq-oshkora olib borishi aytilgan. "Shuning uchun e’lon qilinmagan tashriflar yoki oshkor etilmagan kelishuvlar haqidagi har qanday da’volar, agar ular BAAning tegishli organlari tomonidan rasman e’lon qilinmasa, mutlaqo asossizdir", deyiladi vazirlik xabarida.

The New York Times'ning yozishicha, ushbu ziddiyatli bayonotlar munosabatlardagi nozik jihatlarni namoyon etmoqda.

"Urush davomida Eronning qo‘shni davlatlarga hujumlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan ittifoqni yanada mustahkamlagan. BAAga Isroil mudofaa tizimlari o‘rnatildi va yuqori darajadagi rahbarlar o‘rtasida telefon muloqotlari olib borilmoqda. Shunga qaramay, arab dunyosidagi jamoatchilik fikri asosan Isroilga qarshi bo‘lib qolmoqda", deya qayd etadi nashr.

Kiritildi: Bugun 19:25. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!