Bahorda sog‘liq uchun zararli sabzavotlar
Rossiyalik gastroenterolog Lyudmila Aleksandrova hozirgi bahor oylarida duch kelgan sabzavotni iste’mol qilish salomatlikka jiddiy zarar yetkazishini aytib o‘tdi.
Mutaxassisning aytishicha, hozir bodring va ko‘katlardan petrushkani iste’mol qilish zararli ekan. Sababi, shu ikki mahsulot tarkibi bahorda nitrat bilan to‘lib-toshadi. Nitratning keragidan ortig‘i esa sog‘liq kushandasi hisoblanadi. Bundan tashqari, karam, rediska, ertangi pomidor, ukrop, ko‘k piyoz, salatning turli ko‘rinishlari ham bahorda tarkibiga keragidan ko‘p zararli moddalarni joylab oladi. Darvoqe, karamning ingichka oyoqchalisini yeyish kerak bo‘ladi. Yo‘g‘on oyoqchalisi organizmga faqat ziyon keltiradi, xolos.
“golos.ua”