“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.