Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ayrim dorilar belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgan

Ayrim dorilar belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgan



Raqobat qo‘mitasining «sirli mijoz» tadbirlari davomida bir qator dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxdan ancha yuqori narxda sotilayotgani aniqlangan.

Jumladan:
— «POLIMIK® №10» — ruxsat etilgan narxi 12,8 ming so‘m, 70 ming so‘mdan taklif qilingan;
— «KONVULEKS®» 300 mg/ml — 66,5 ming so‘m o‘rniga 395 ming so‘mdan;
— «STIMULOTON» 50 mg №30 — 50,7 ming so‘m o‘rniga 295 ming so‘mdan;
— «BAKTAMED» 3,5 ml — 18,8 ming so‘m o‘rniga 63 ming so‘mdan sotilgan.

Shuningdek, «Lantus SOLOSTAR», «SLIDERON», «No-shpa» kabi ayrim dorilar ham belgilangan narx yoki ustama me’yorlaridan yuqori narxda sotilgani aniqlangan.

⚖️ Qonunbuzilishlar yuzasidan dorixonalarga ko‘rsatmalar berilgan, lisenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga so‘rovlar yuborilgan.

📌 Raqobat qo‘mitasi dori vositalari narxlari ustidan «sirli mijoz» tadbirlari orqali nazoratni davom ettirishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:01 05.10.2026. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!