Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ayollarning rashk tufayli janjali jarima bilan tugadi

A A A
Ayollarning rashk tufayli janjali jarima bilan tugadi

Andijon shahrida ikki qo‘shni ayol o‘rtasida rashk tufayli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida ular ko‘p qavatli uy aholisining tinchligiga putur yetkazib, bir-birlariga yengil tan jarohati yetkazishgan.

Janjaldan so‘ng, ayollardan biri I.S. qo‘shnisining turmush o‘rtog‘iga tegishli “ONIX” avtomashinasining oynasini sindirib, salondagi 850 AQSh dollari hamda 470 ming so‘m pulni, shuningdek, avtomashina egasiga tegishli pasportni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra I.S. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida aybli deb topilib, 11,4 million so‘m miqdorida jarima jazosiga tortildi.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi olib borgan ijro harakatlari natijasida ushbu jarima to‘liq undirildi.

Kiritildi: 07:00 14.08.2025. O'qildi: 1978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!