“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga qanday imtiyozlar berilgan? Xotin-qizlarning bandligiga qanday yo‘nalishlarda ko‘maklashiladi? Necha foizlik stavkada kreditlar beriladi? Quyida ayollarga berilgan 10 ta imtiyoz haqida ma’lumotlar jamlandi.
Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘maklashiladi:
a) tarmoq va hududiy investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
b) mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
v) kooperativlarga jalb etish;
g) kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
a) o‘quv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan va xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko‘maklashadi;
b) tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit ajratiladi.
Kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebel, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada:
O‘zini o‘zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million so‘mgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
Xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha yoki 10 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida bir martalik moddiy yordam beriladi.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) ko‘rsatilgan ro‘yxatni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.
Bir martalik moddiy yordam to‘lovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor yolg‘iz onalarga qo‘shimcha moddiy yordam berish choralari ko‘rib boriladi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensasiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar shakllantiriladi.
Xotin-qizlarga turar joy ijara kompensasiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
Bunda:
Turar joy ijarasi uchun to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.
Xotin-qizlar belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin.
Xotin-qizlarning uy-joyi holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yo‘naltiriladi va stasionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
Tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi.
Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
Shuningdek, dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar to‘lab beriladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo‘l xarajatlari to‘lab beriladi.
Bunda xotin-qizlar yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.
Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘lkiraga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim bo‘lgan taqdirda, yo‘l xarajatlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.
Xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi:
Xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, ta’lim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha imtiyoz va yordamlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga taqdim etiladi.