Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Ayolim menga aka deb murojaat qilishi mumkinmi?"

A A A
"Ayolim menga aka deb murojaat qilishi mumkinmi?"

CAVOL: Yaqinda uylanaman, ayolim menga aka deb murojaat qilishi mumkinmi? Mumkin bo‘lmasa nima deb murojat qilgani yaxshi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ayrim kitoblarimizda bunday tarzda murojaat qilishni makruh deyilgan. Chunki bu odobga to‘g‘ri kelmaydi.

يُكْرَهُ أَنْ يَدْعُوَ الرَّجُلُ أَبَاهُ وَالْمَرْأَةُ زَوْجَهَا بِاسْمِهِ كَذَا فِي السِّرَاجِيَّةِ .

"Erkak kishi otasini, ayol kishi erini ismi bilan murojaat etishi makruhdir. Sirojiyyada shunday kelgan" (Al-Fatovo al-hindiya).

"Durrul muxtor"da shunday deyiladi: "Ayol erini ismi bilan chaqirsa makruh bo‘ladi". Buni sharhlab Ibn Obidiyn rahimahulloh o‘z "Hoshiya"larida shunday yozadilar: "Erga murojaat qilishda hurmatlashni ifodalaydigan "xo‘jayin" yoki shunga o‘xshash lafz ishlatish lozim. Usmon ibn Ato o‘z otasidan rivoyat qiladi: Said ibn Musayyibning xotinlari: "Bizlar erlarimizga, sizlar amirlaringizga so‘zlaganingizdek so‘zlar edik, Alloh isloh qilgur, ofiyat bergurlar", degandilar.

Ummu Dardo Jahmiyya erlari Abu Dardo roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilsalar: "Menga sayyidim (xo‘jam) hadis aytdilar", deb boshlar edilar.

Imom Navaviy "Sahihi Muslim"ning sharhida: "Menga Ummu Dardo hadis aytdi: "Menga xo‘jam hadis aytdi", degan joyini shunday izohlaydilar: "Ya’ni, "xo‘jam"dan murod erlari Abu Dardodir. Bundan ayol erini xo‘jam, (yo xo‘jayinim) deyishi joiz ekani bilinadi". Bunga o‘xshash narsa Qur’onda ham bor. "Eshik oldida u(xotin)ning xo‘jayiniga duch kelishdi" ("Yusuf" surasi, 25-oyat). "Xo‘jayini" - eri degani". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati.

Kiritildi: 12:41 20.05.2021. O'qildi: 7298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!