Aytishlaricha, bunga Rossiyaning Vladimir shahrida «Yandeks» data-markaziga uyushtirilgan dron hujumlari sabab bo‘lgan.
Vladimir shahridagi "Yandex" ma’lumotlar markaziga dronlar hujum qilishi oqibatida uning faoliyati to‘liq to‘xtab qoldi.
Bu 2800 ta server shkafini sig‘dira oladigan, 40 MVt quvvatga ega ulkan ma’lumotlar markazidir.
Hujumdan so‘ng kompaniyaning 80 dan ortiq xizmati, jumladan, "Yandex Home", "Yandex Music" va butun "Yandex Cloud" infratuzilmasi o‘z ishini to‘xtatdi.