Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda chet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning ishonchiga kirib, ularni 40 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga chegaradan o‘tkazib qo‘yishini aytib, oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, fuqarolar J.T. va R.T. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 18 000 AQSh dollari evaziga aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:57 21.04.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!