Kompaniya o‘tgan hafta AQSh federal agentliklari va "Besh ko‘z" (Five Eyes) razvedka alyansi a’zolari uchun kiberxavfsizlik sohasidagi yangi mahsuloti yuzasidan brifing o‘tkazdi.
Taqdimot doirasida OpenAI o‘zining flagman modelining kiberxavfsizlik uchun maxsus optimallashtirilgan versiyasi – GPT-5.4-Cyber imkoniyatlarini namoyish etdi. Mazkur model kiberhujumlardan himoyalanish va xavfsizlik tizimlarini mustahkamlashga qaratilgan. Razvedka ma’lumotlarini almashish tarmog‘iga a’zo davlatlar – AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ushbu modeldan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Sem Altman boshchiligidagi kompaniyaning ma’lum qilishicha, GPT-5.4-Cyber dastlab cheklangan doirada — faqat tekshiruvdan o‘tgan xavfsizlik ta’minotchilari va tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu sohada OpenAI’ning asosiy raqobatchisi Anthropic ham yaqinda o‘z loyihasini e’lon qilgan edi.