Axios manbalariga ko‘ra, Floridada AQSh va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida o‘tgan besh soatlik muzokaralarda Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida chegaraning qayerdan o‘tishi asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi. Ukrainalik amaldorlar uchrashuvni “murakkab va keskin”, biroq samarali deb atadi.
Nashr yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kunlarda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashishi kutilmoqda. Moskva esa Donbass ustidan to‘liq nazoratga erishmaguncha to‘xtamasligini aytib kelmoqda.
Axios ma’lumoticha, Vashington Putinni tinchlikka ko‘ndirish maqsadida Kiyevdan ayrim hududlarni Moskvaga topshirishni so‘ramoqda. Biroq bu Ukraina uchun “o‘ta og‘riqli va siyosiy jihatdan portlovchi” yon berish hisoblanadi.