Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar «muqarrar ravishda o‘zgaradi» va endi avvalgidek bo‘lmaydi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan «Bun TV» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiya bilan munosabatlarimiz muqarrar ravishda o‘zgaradi. Bu qandaydir shaxs yoki siyosiy kuch bilan bog‘liq emas. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar avvalgidek bo‘lmaydi», — deya Pashinyanning so‘zlarini Tert nashri keltirgan.
Bosh vazir munosabatlarning o‘zgarishini Armaniston atrofidagi yangi vaziyat bilan bog‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan avvalgi hamkorlik modeli mojaro sharoitida shakllangan bo‘lsa, hozir respublika «tinchlik muhitida» yashamoqda.
Shu bilan birga, Pashinyan Yerevan Moskva bilan munosabatlarni uzmoqchi emasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Armaniston munosabatlarni yanada chuqurlashtirishni istaydi, biroq buni «yangi muhit va yangi sharoitlarda» amalga oshirmoqchi.
Erevan, shuningdek, Rossiya bilan mojaroga kirishmoqchi emas va o‘z pozisiyalarini izchil himoya qilishda davom etadi.