Avtomobil Serbiya poytaxti Belgraddagi norozilik namoyishida olomon ichiga kirib ketdi, haydovchi qo‘lga olindi.
Bu haqda Espreso portali xabar bermoqda.
"Haydovchi polisiya tomonidan qo‘lga olindi," - deyiladi materialda.
Hodisa oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi jabrlangan. Ular shifoxonaga olib ketilgan.
Belgradda namoyishchilar Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ma’muriyati yaqinidagi Knez Milosh va Milan qiroli ko‘chalarini to‘sib qo‘ydi.