Transport vazirligi ma’lum qilishicha, chiptasiz yurganlar uchun jarimani oshirish bo‘yicha takliflar Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Taklifga ko‘ra:
▪️birinchi marta yo‘l haqini to‘lamaganlarga — 220 ming so‘m;
▪️takroran qoidabuzarlik sodir etganlarga — 440 ming so‘mgacha jarima belgilanishi mumkin.
Hozirda bunday qoidabuzarlik uchun jarima 41 200 so‘mni tashkil etadi.