Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Avstriyadagi kafelardan birida karta orqali to‘lov qilganda 5 foiz miqdorida choychaqa avtomatik qo‘shilmoqda

Avstriyadagi kafelardan birida karta orqali to‘lov qilganda 5 foiz miqdorida choychaqa avtomatik qo‘shilmoqda

Avstriyaning Karintiya federal yeridagi kafelardan biri mijozlar bank kartasi orqali to‘lov qilganda hisobga avtomatik ravishda 5 foiz choychaqa qo‘shishni boshladi. Bunda qo‘shimcha to‘lov mijozga xizmat ko‘rsatish sifati yoqqan-yoqmagani yoki u umuman choychaqa qoldirishni xohlashiga bog‘liq emas. Bu haqda Avstriyaning 5 Minuten nashri xabar berdi.

Kafe egasining tushuntirishicha, mazkur qoida faqat stol atrofida o‘tirib, ofisiantlar xizmatidan foydalanadigan mijozlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uning aytishicha, ko‘pchilik karta orqali to‘lov qilganda choychaqa qoldirishni unutib qo‘yadi. Bundan tashqari, to‘lov terminali choychaqa miqdorini mustaqil ravishda belgilash imkonini bermaydi.

Tadbirkor ushbu tartib orqali xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Biroq kafe egasi yangi qoidani bekor qilish ehtimolini ham istisno etmayapti. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda, ayniqsa, yosh mijozlar karta orqali to‘lov qilishda hisob summasini o‘z xohishlari bilan yaxlitlab to‘lashni tobora ko‘proq boshlagan.

Agar bu tendensiya davom etsa, majburiy 5 foizlik choychaqa amaliyoti bekor qilinishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:06. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!