Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstriya uch nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Avstriya uch nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Avstriya uchta rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi.

Reuters agentligining xabar berishicha, Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger bu qarorni diplomatik bino tomlaridagi ko‘plab antennalar josuslik uchun ishlatilishi mumkinligi sababli e’lon qildi.

"Diplomatik daxlsizlikning josuslik uchun ishlatilishi qabul qilinishi mumkin emas", dedi u va diplomatlar allaqachon mamlakatni tark etganini ta’kidladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yildan beri Avstriya tomonidan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar soni 14 taga yetdi.

Kiritildi: Bugun 16:45. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!