Avstriya Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Sloveniya bilan chegara nazoratini yana olti oyga uzaytiradi.
Bu haqda Avstriya ichki ishlar vaziri Gerxard Karner matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Prague International radiosi va European Pravda.
Karnerning ta’kidlashicha, qaror mamlakatda joriy etilayotgan yangi chegara xavfsizligi konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, unga muvofiq nazorat choralari bosqichma-bosqich nafaqat davlat chegaralarida, balki butun chegara hududlarida kuchaytiriladi.
Oxirgi marta chegara nazorati oktyabr oyida uzaytirilgan bo‘lib, o‘shanda mazkur chora ikki oydan besh oyga — 15 dekabrgacha amal qilishi belgilangan edi.
Avstriya hukumatiga ko‘ra, chegara xavfsizligiga bunday yangi yondashuv tizimni yanada samarali va moslashuvchan qiladi.