Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Avstriya Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishga tayyor

A A A
Avstriya Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishga tayyor

Agar Rossiya prezidenti mamlakat hududida bo‘lsa, Avstriya Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishga tayyor.

Bu haqda Taggespiegel nashriga bergan intervyusida Avstriya kansleri idorasi huzuridagi Yevropa Ittifoqi va Konstitusiya bo‘yicha vazir Karolin Edtstadler ma’lum qildi. "Avstriya xalqaro va jinoiy qonunchilik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi", - dedi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Avstriya harbiy jihatdan neytral bo‘lishiga qaramay, siyosiy jihatdan neytral emas. "Biz Ukraina xalqi bilan birdammiz, ularni gumanitar va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo qurol yetkazib berish bilan emas", — deya ta’kidladi u. Shu bilan birga, vazirning ma’lum qilishicha, Avstriya Yevropa Ittifoqining yordami bo‘yicha qarorlarni bloklamaydi.

Kiritildi: 11:59 12.04.2023. O'qildi: 2158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!